DXX raisi “Tolibon” mudofaa vaziri bilan uchrashdi
Jamiyat
−
01 fevral 2024
10899O‘zbekiston Davlat xavfsizlik xizmati raisi Abdusalom Azizov Afg‘onistondagi “Tolibon” muvaqqat hukumatining mudofaa vaziri vazifasini bajaruvchi Muhammad Yoqub bilan uchrashdi. Bu haqda “Tolonews” xabar berdi.
Qayd etilishicha, muzokaralarda chegara, ikki tomonlama aloqalarni mustahkamlash, Afg‘oniston va O‘zbekiston o‘rtasidagi iqtisodiy va tranzit hamkorlikni rivojlantirish hamda boshqa masalalar muhokama qilingan.
Manbaga ko‘ra, Muhammad Yoqub ushbu uchrashuvda “Tolibon” taraqqiyot loyihalarini amalga oshirishda hamkorlik qilishga tayyor ekanini bildirgan.
Eslatib o‘tamiz, 25 yanvar kuni Qirg‘iziston Iqtisodiyot va savdo vaziri Doniyor Amangeldiyev boshchiligidagi delegatsiya Qobulga borgandi. “Tolibon” muvaqqat hukumatida savdo va sanoat vaziri vazifasini bajaruvchi Nuruddin Aziziy Qirg‘iziston delegatsiyasi bilan uchrashuvda Qobul Markaziy Osiyo mamlakatlari uchun tranzit narxini pasaytirmoqchi ekanini ta’kidlagandi.
LiveBarchasi
Isroil va HAMAS kelishuvga erishdi.
15 yanvar
Eron Prezidenti Markaziy Osiyoga keldi.
15 yanvar