DXX kubogining final bosqichiga qur’a tashlandi (fotoreportaj)
Sport
−
22 avgust 2022
9262Kecha , 21 avgust kuni Toshkent shahridagi “Bunyodkor” stadionida futbol va mini-futbol bo‘yicha DXX (Davlat xavfsizlik xizmati) kubogi final bosqichi bellashuvlariga qur’a tashlash marosimi bo‘lib o‘tdi.
Ushbu tadbirda O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi vitse-prezidenti Ravshan Ermatov, o‘zbek futbol afsonasi hamda Olmaliqning AGMK klubi bosh murabbiyi Mirjalol Qosimov, Qarshining "Nasaf" klubi ustozi Ro‘ziqul Berdiyev, O‘zbekiston professional futbol ligasi direktori Diyor Imomxo‘jayev, musobaqaning final bosqichigacha yetib kelgan jamolarning vakillari hamda jurnalistlar ishtirok etdi.
2022-yilning aprel-iyun oylarida ushbu kubok uchun shahar, tuman va viloyat bosqichlari o‘yinlari tashkil etildi. Musobaqaga respublika bo‘ylab 16–30 yosh oralig‘idagi yoshlar, shuningdek, barcha olis va chekka hududlardagi mahalla yoshlari jalb qilinib, 18 629 ta jamoa (futbol – 9 281 ta, mini-futbol – 9 348 ta) ishtirok etdi. Musobaqa jami 241 976 nafar yoshlarni qamrab olgan.
Tuman, shahar hamda viloyat bosqichlarida g‘oliblikni qo‘lga kiritgan eng kuchli 28 ta jamoa endilikda 22–27-avgust kunlari Toshkentdagi “Bunyodkor” futbol akademiyasiga qarashli stadionda kubok uchun o‘zaro bellashadi. Final o‘yinlari esa 27 avgust kuni poytaxtning JAR stadionida 18:30 da o‘tkazilishi belgilangan.
Qur’a natijalariga ko‘ra, Respublika bosqichi guruh va pley-off bahslaridan iborat bo‘ladi. 14 jamoa mos ravishda 4 ta guruhga ajratiladi va 2 ta guruhda 4 tadan, yana 2 ta guruhda 3 tadan jamoa o‘zaro bahs kurashga kirishadi. Guruh g‘oliblari pley-off bellashuvlarida ishtirok etadi. Agarda asosiy vaqtida g‘olib aniqlanmagan taqdirda penaltilar seriyasiga murojaat qilinadi.
Futbol bo‘yicha jamoalar quyidagi guruhlarga ajratildi:
Mini-futbol bo‘yicha jamoalar quyidagi guruhlarga bo‘lindi:
Ma’lumot uchun, DXX kubogida birinchi o‘rinni egallagan jamoaga ular istiqomat qiladigan mahallada zamonaviy mini-futbol maydoni, ikkinchi o‘rin uchun universal sport maydoni hamda uchinchi va to‘rtinchi o‘rinlarni qo‘lga kiritgan jamoalarga esa ular yashaydigan mahallarda “stritbol” maydonlari qurib beriladi. Ta’kidlash joizki, DXX kubogi musobaqasining viloyat bosqichi yakuni bo‘yicha 792 nafar iqtidorli yoshlar aniqlangan bo‘lib, hozirda ularni mahalliy futbol klublariga jalb qilish choralari ko‘rilayotgani aytildi.