DXX kubogi g‘oliblari aniqlandi

Sport

image

Bugun, 26 avgust kuni Toshkent shahridagi JAR stadionida futbol bo‘yicha Davlat xavflisizlik xizmati (DXX) kubogi musobaqasining final o‘yini bo‘lib o‘tdi. 

Bu yilgi musobaqa ham shiddatli va murosasiz bahslarga boy bo‘ldi. Har bir jamoa g‘oliblik uchun astoydil kurash olib bordi.

Musobaqa yakunlariga ko‘ra, mini-futbol bahslarida g‘oliblik Qashqadaryo viloyati jamoasiga nasib etdi. Toshkent viloyati jamoasi esa kumush medallar sohibiga aylandi.

Ayollar o‘rtasidagi mini-futbol o‘yinlarida esa samarqandlik futbolchi qizlarga teng keladigan raqib topilmadi. Vitse-chempionlik esa Xorazm vakillariga nasib etdi.

Stadionga yig‘ilgan minglab muxlislarni hayajonda ushlab turgan final uchrashuvida esa Toshkent viloyatining “Navbahor” va Jizzaxning “Turon” jamoalari to‘qnash keldi. Murosasiz tarzda o‘tgan o‘yinda jizzaxliklar 2:0 hisobida zafar quchib, yakunda DXX kubogi futbol bahslarining g‘olibiga aylandi.

G‘olib jamoalarni taqdirlashdan avval individual tomondan o‘zini ko‘rsatgan futbolchilar mukofotlandi. 

Respublika bosqichida o‘g‘il bolalar o‘rtasida futbol va mini-futbol bo‘yicha g‘olib bo‘lgan jamoalar mahallasiga mini-futbol maydoni, 2-o‘rinni egallagan jamoalar uchun universal sport maydoni (basketbol va voleybol o‘yinlari uchun mo‘ljallangan), 3-o‘rinni egallagan jamoalar mahallasiga “Stritbol” (bir savatli ko‘cha basketboli) sport maydoni qurib beriladi.

Qizlar musobaqasida g‘olib va sovrindor bo‘lgan jamoalar pul mukofoti bilan taqdirlandi.

Bundan tashqari, barcha g‘olib va sovrindor ishtirokchilarga diplom, medal, velosiped va televizor topshirildi. 

G‘oliblarga kuboklarni Davlat xavfsizlik xizmati raisi Abdusalom Azizov, Prezidentning yoshlar, sport va ma’naviyat masalalari bo‘yicha maslahatchisi Qahramon Quronboyev va Yoshlar siyosati va sport vaziri Adham Ikromov topshirdi.

Ta’kidlash joiz, hozirda musobaqaning dastlabki ikki bosqichida saralangan 365 nafar futbolchi O‘zbekistonning professional futbol klublari muzokara o‘tkazmoqda. DXX kubogida o‘zini ko‘rsatgan yana bir qator futbolchilar kelgusida professional futbol jamoalarida ko‘rinish berishi mumkin.


Maqola muallifi

Teglar

DXX kubogi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing