DXX davlat chegarasi to‘g‘risidagi qonunni yangilashni taklif qilyapti

Jamiyat

image

Davlat xavfsizlik xizmati “O‘zbekiston Respublikasining Davlat chegarasi to‘g‘risida”gi qonunni yangi tahrirda qabul qilishni taklif qilyapti. Qonun loyihasi hozirda muhokama uchun e’lon qilingan.

Loyihaning amaldagi qonundan kata farqi unda “Asosiy tushunchalar” ham ko‘rsatib o‘tilgan. Ushbu moddada O‘zbekiston Respublikasi Davlat chegarasi, chegaraga oid davlat siyosati, delimitatsiya qilish, demarkatsiya qilish, redemarkatsiya qilish, haqiqiy hujjat, davlat chegarasini qo‘riqlash va himoya qilishning yagona tizimi, davlat chegarasini himoya qilish, davlat nazorati organlari, davlat chegarasini qo‘riqlash, chegara zonasi, chegaradagi mojaro, chegara nazorati, chegara naryadi, chegara mintaqasi, chegara vakillik faoliyati, chegara daryolari, ko‘llari yoki boshqa suv havzalari, tozalash mintaqasi, chegara oldi hududi, davlat chegarasi orqali o‘tkazish punkti, qo‘shni davlat, xizmat hayvonlari, maxsus vositalar, transport sohasidagi vakolatli organlar, xo‘jalik va boshqa faoliyatlar kabi tushunachalarga ta’rif berilgan.

Qonun loyihasining 8-bobida davlat chegarasini qo‘riqlash va himoya qilishda qurol, harbiy texnika, maxsus vositalar, xizmat hayvonlari va jismoniy kuch qo‘llash tartibi yoritilgan. Ushbu bobda qanday hollarda chegarani buzgan shaxslarga qarshi qurol qo‘llash mumkinligi va taqiqlangani belgilangan.

Shuningdek, “Chegara rejimini buzish” tushunchasi to‘ldirilib, uning buzilish turlari toifalashtirildi.

Davlat chegarasini qo‘riqlash va himoya qilishda tegishliligi bo‘yicha ishtirok etuvchi vazirlik, qo‘mita va idoralar (Favqulodda vaziyatlar, Qishloq xo‘jaligi, Suv ho‘jaligi, Sog‘liqni saqlash, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarni rivojlantirish, Transport vazirliklari, Davlat veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo‘mitalari va Milliy gvardiya) vakolatlari belgilanadi.

Qonunning yangi tahriri 10 ta bob va 71 ta moddadan iborat. Loyiha 2021 yil 1 yanvarga qadar muhokama qilinadi.


Maqola muallifi

Teglar

DXX chegara

Baholaganlar

263

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing