DXX Chegara qo‘shinlariga yangi vakolat berildi
Jamiyat
−
17 fevral 2022
16515Joriy yilning 15 fevral kuni O‘zbekiston Prezidenti tomonidan imzolangan qonun bilan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritildi.
Qonun bilan quyidagi huquqbuzarliklarga oid ishlarni Davlat xavfsizlik xizmati Chegara qo‘shinlari ko‘rib chiqishi belgilandi:
• chegara zonasiga, shuningdek fuqarolarning kirishi va bo‘lishiga vaqtincha cheklov belgilangan joylarga kirish hamda ularda yashash qoidalarini buzish (224-modda);
• Davlat chegarasi orqali o‘tkazish punktlaridagi rejimni buzish (224-1-modda 1-qismi).
Avvalroq, O‘zbekiston chegarasi rejimini buzganlarni mamlakatdan chiqarib yuborish tartibiga o‘zgartirish kiritilgani haqida xabar bergan edik.