Sobiq DXX binosi hududidagi daraxtlar kesilib, yashirincha olib ketilayotgani aytilmoqda

3-sahifa

image

Ijtimoiy tarmoqlarda sobiq Davlat xavfsizlik xizmati binosi o‘rnida mehmonxona qurilayotgani va qurilish maydonida ko‘p yillik daraxtlar kesilib, o‘ralgan holda olib chiqib ketilayotganligi haqida videoxabar tarqaldi. Holat yuzasidan Ekologik partiya munosabat bildirdi.

"Iqlim o‘zgarishini yumshatishning eng muhim aspekti – bu daraxtlarning ko‘p bo‘lishi. Shundoq ham poytaxtimizda sanoqli qolgan daraxtlarimizni asrash bo‘yicha moratoriyga va ekofaollarimiz bong urishiga qaramasdan hali hamon daraxtkushlik  to‘xtamayapti", deyiladi partiya bayonotida.  

Ekologik partiya Bosh prokuratura hamda atrof-muhitni muhofaza qilishga mas’ul bo‘lgan davlat tashkilotlaridan zudlik bilan ushbu holatga chora ko‘rishlarini so‘ragan.

Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yili QALAMPIR.UZ'ning DXX sobiq binosi o‘rnida mehmonxona qurilayotgani haqida jurnalistik surishtiruvi e’lon qilingan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing