DXA haydovchilik guvohnomasi bo‘yicha ogohlantirdi
Jamiyat
−
24 dekabr 2019
15140Eski namunadagi haydovchilik guvohnomasini yangisiga aylantirish uchun 1 yildan ko‘proq vaqt qolyapti. Bu haqda Davlat xizmatlari agentligining Toshkent shahar boshqarmasi eslatma bilan chiqdi.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 2 martdagi “Milliy haydovchilik guvohnomasining hamda avtomototransport vositasi ro‘yxatdan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi guvohnomaning yangi namunalarini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga ko‘ra, 2020 yil 31 dekabr kuniga qadar yangi na’munadagi milliy haydovchilik guvohnomasini almashtirish muddati belgilangan.
Guvohnomalarni Davlat xizmatlari markazlarlari orqali yangisiga almashtirish mumkin.
Milliy haydovchilik guvohnomalarini guvohnomaning yangi namunalariga almashtirish haydovchilar tomonidan pasport va eski namunadagi haydovchilik guvohnomasi hamda uning taloni taqdim etilganda amalga oshiriladi.
Qarorga qo‘ra, eski namunadagi milliy haydovchilik guvohnomalari hamda avtomototransport vositasi ro‘yxatdan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi guvohnomalar 2021 yil 1 yanvardan boshlab haqiqiy emas deb hisoblanishi belgilangan.
Bugungi kunda Toshkent shahrining Mirzo Ulug‘bek, Mirobod, Uchtepa, Shayxontohur, Yunusobod, Yakkasaroy, Yashnobod tumanidagi Davlat xizmatlari markazlari orqali ushbu davlat xizmati ko‘rsatib kelinmoqda.
LiveBarchasi