Diyora Keldiyorova Olimpiadadagi kimonosini Lozanna muzeyiga sovg‘a qildi (video)
Sport
−
01 avgust
17883Parij-2024 yozgi Olimpiya o‘yinlari chempioni, dzyudochi Diyora Keldiyorova musobaqada kurashgan kimonosini Xalqaro Olimpiya qo‘mitasining muzeyiga sovg‘a qildi. Bu haqda O‘zbekiston Olimpiya qo‘mitasi matbuot xizmati xabar berdi.
O‘yinlarning asosiy matbuot markazida ushbu tadbirga bag‘ishlangan anjuman o‘tkazildi. Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Sport vaziri Adham Ikramov, MOQ Bosh kotibi Oybek Qosimov, shuningdek, Xalqaro Olimpiya qo‘mitasi (XOQ) va Xalqaro dzyudo federatsiyasi mutasaddilari qatnashdi.
Keldiyorova yozgi Olimpiya o‘yinlarida oltin medalga sazovor bo‘lgan ilk o‘zbek ayol sportchisiga aylandi. O‘z navbatida, Diyora ham tarixiy chempionlikka erishganidan mamnunligi, kimonosi XOQ muzeyidan joy olayotgani u uchun sharaf ekanini qo‘shimcha qildi.
Tadbir yakunida tashkilotchilar ham Keldiyorovaga o‘ziga xos sovg‘a tayyorladi. Diyoraning dzyudo olamidagi kumiri, ikki karra Olimpiada chempioni, fransiyalik Klariss Agbenenu Keldiyorova tarixiy g‘alaba bilan qutlab, unga o‘zining iliq tilaklarini yo‘lladi.