Yaponiyadagi kuchli to‘fon ko‘plab aholini elektr tokisiz qoldirdi
Olam
−
03 Sentabr 2020
5755Yaponiyaning janubi-g‘arbiy qismidagi Kyusyu orolida 117 mingga yaqin uy Maysak to‘foni tufayli elektrsiz qoldi.
Saga, Kumamoto va Fukuoka prefekturalarida elektr ta’minotida uzilishlar qayd etildi. Birgina Nagasakida 114 mingga yaqin uy chiroqsiz qolmoqda.
Qayd etilishicha, Maysak to‘foni 18 kishining jarohat olishiga sabab bo‘lgan.
Shuningdek, Yaponiyaning Okinava prefekturasiga kuchli Xayshen to‘foni yaqinlashmoqda. U joriy yilning 6 sentyabr kuni Amami oroliga uriladi, degan taxminlar mavjud.
Maysak esa endi Koreya yarim orolini “maqsad qilib” olgan. Bu 2020 yilda Tinch okeaniga urilgan to‘qqizinchi to‘fon hisoblanadi.
Ma’lumot uchun, joriy yil 31 avgust kuni ham Yaponiyaning janubidagi 1,5 mingdan ortiq uylar kuchli yomg‘ir va shamol tufayli mintaqaga kirib kelgan to‘fon ortidan elektrsiz qolgan edi.
Rushanabonu Sultonova
LiveBarchasi
Putin xalqiga murojaat qildi.
21 noyabr