Diomande “Real”dagi o‘yin amaliyotidan norozi bo‘lmoqda – OAV

Sport

image

“Real Madrid” jamoasi yarim himoyachisi Yan Diomande jamoadagi o‘yin vaqti cheklanganidan norozi bo‘lmoqda. Bu haqda “OkDiario” xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, kot-d’Ivuarlik futbolchi yangi klubida muhimroq rol o‘ynashni kutgan va mavsum boshida zaxirada qolishini istamagan. Biroq “Real Madrid” Diomandeni sabrli bo‘lishga chaqirmoqda.

19 yoshli qanot futbolchisi “Los Blankos” safida barcha musobaqalarda beshta uchrashuvda maydonga tushgan. Ammo uning umumiy o‘yin vaqti atigi 94 daqiqani tashkil etmoqda. Diomande hali gol urishga muvaffaq bo‘lmagan.

Eslatib o‘tamiz, “Real Madrid” joriy yil yozda Diomandeni “RB Leypsig”dan 125 million yevro va yana 15 million yevro bonus evaziga transfer qilgandi. Hozirda Diomandening transferi “Real Madrid” tarixidagi eng qimmat xarid bo‘lib turibdi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing