Diniy tashkilotlar va davlat organlari o‘zaro bir-birining faoliyatiga aralashmaydi

Jamiyat

image

O‘zbekistonda diniy tashkilotlar va davlat organlari o‘zaro bir-birining faoliyatiga aralashmasligi belgilandi. Bu haqda 25 fevral kuni qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasida fuqarolarning vijdon erkinligini ta’minlash va diniy sohadagi davlat siyosati konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qonunda so‘z boradi.

Konsepsiyaga ko‘ra, dinning davlatdan ajratilganligi prinsipi diniy tashkilotlar va davlat organlari o‘zaro bir-birining faoliyatiga aralashmasligi, davlat diniy tashkilotlar zimmasiga davlatning biror-bir vazifalarini yuklamasligi, diniy tashkilotlarning davlat funksiyalarini amalga oshirishiga yo‘l qo‘ymasligiga oid qoidalarni nazarda tutadi. 

Ushbu prinsip diniy qarashlardan qat’i nazar, konstitutsiyaviy huquqiy tizim (huquq normalari va ularni qo‘llash), demokratiya, dunyoviylik, erkinlik, tenglik, insonparvarlik, ijtimoiy adolat va birdamlik, inson huquqlari g‘oyalariga tayanadi. 


Maqola muallifi

Teglar

Diniy tashkilotlar davlat organlari

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing