Diniy tashkilotlar va davlat organlari o‘zaro bir-birining faoliyatiga aralashmaydi
Jamiyat
−
28 fevral 2025 4986 1 daqiqa
O‘zbekistonda diniy tashkilotlar va davlat organlari o‘zaro bir-birining faoliyatiga aralashmasligi belgilandi. Bu haqda 25 fevral kuni qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasida fuqarolarning vijdon erkinligini ta’minlash va diniy sohadagi davlat siyosati konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qonunda so‘z boradi.
Konsepsiyaga ko‘ra, dinning davlatdan ajratilganligi prinsipi diniy tashkilotlar va davlat organlari o‘zaro bir-birining faoliyatiga aralashmasligi, davlat diniy tashkilotlar zimmasiga davlatning biror-bir vazifalarini yuklamasligi, diniy tashkilotlarning davlat funksiyalarini amalga oshirishiga yo‘l qo‘ymasligiga oid qoidalarni nazarda tutadi.
Ushbu prinsip diniy qarashlardan qat’i nazar, konstitutsiyaviy huquqiy tizim (huquq normalari va ularni qo‘llash), demokratiya, dunyoviylik, erkinlik, tenglik, insonparvarlik, ijtimoiy adolat va birdamlik, inson huquqlari g‘oyalariga tayanadi.
Live
Barchasi31 dekabr 2025
Farg‘ona davlat texnika universiteti rektori Qo‘ng‘irotboy Sharipovga yangi o‘rinbosar bo‘ldi.
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
29 dekabr 2025