Diniy qo‘mita raisiga yangi o‘rinbosar tayinlandi
Jamiyat
−
02 fevral 2022
7023Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi direktori Davronbek Rustamovich Maxsudov Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mita raisining birinchi o‘rinbosari etib tayinlandi.
U bu lavozimda Prezidentning jamoat va diniy tashkilotlar bilan hamkorlik masalalari bo‘yicha maslahatchisi etib tayinlangan Muzaffar Komilov o‘rnini egalladi.
Maxsudov Davronbek Rustamovich 2004-2012 yillar O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti devoni xodimi, 2012-2018 yillar Toshkent islom universiteti ilmiy kotibi, magistratura bo‘limi boshlig‘i, Islomshunoslik kafedrasi mudiri, 2018-2020 yillar O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi Islomshunoslik va islom sivilizatsiyasini o‘rganish ISESCO kafedrasi mudiri vazifalarida mehnat qilgan.
U hozirgi vaqtga qadar O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi birinchi prorektori va Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi direktori sifatida faoliyat yuritib kelayotgan edi.