Diniy ishlar bo‘yicha qo‘mita raisiga o‘rinbosar tayinlandi. U ham DXXda ishlagan

Jamiyat

image

Avvalroq, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mitaga Davlat xavfsizlik xizmatida faoliyat yuritgan Abdug‘ofur Ahmedov rahbar etib tayinlangani haqida xabar bergan edik.

Dilshod Muxitdinovich Eshnayev Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mita raisining o‘rinbosari – Diniy ijtimoiy jarayonlarni o‘rganish axborot-tahlil markazi direktori etib tayinlandi.

Dilshod Eshnayev avval Davlat xavfsizlik xizmatida faoliyat yuritgan.

Ma’lumot uchun, Markaz Din ishlari bo‘yicha qo‘mitaning diniy mavzularga oid adabiyotlar, Internet va ommaviy axborot vositalari materiallarini chuqur tahlil qilish, diniy-ijtimoiy muhitning barqarorligiga salbiy ta’sir ko‘rsatuvchi omillarni barvaqt aniqlash va bartaraf etish yuzasidan tavsiyalar ishlab chiqish faoliyatini amalga oshiradigan axborot-tahliliy tuzilmasi hisoblanadi.

Eslatib o‘tamiz, 31 avgust kuni Din ishlari bo‘yicha qo‘mita raisi Jasur Akromov, rais o‘rinbosari - Diniy-ijtimoiy jarayonlarni o‘rganish axborot-tahlil markazi direktori Nurimon Abulhasan lavozimidan ozod etilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

tayinlov Din ishlari bo'yicha qo'mita Dilshod Eshnaev

Baholaganlar

139

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing