“Dinamo” pedofiliya uchun sudlangan futbolchi bilan shartnoma imzoladi

Sport

image

Samarqandning “Dinamo” jamoasi voyaga yetmagan qizga nisbatan jinsiy jinoyatda ayblanib, sudlangan futbolchi Kingsli Sarfoni o‘z safiga qo‘shib oldi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, samarqandliklar 30 yoshli ganalik yarim himoyachi bilan 1 yillik shartnoma imzolagan.

Kingsli Sarfo so‘nggi to‘rt yil davomida Kiprning APOEL klubi safida faoliyat yuritgan.

Ma’lumotlarga ko‘ra, 2017 yilda u Shvetsiyaning “Malmyo” jamoasida to‘p surayotgan vaqtida 14 yoshli qizga nisbatan jinsiy jinoyat sodir etganlikda ayblangan. Shvetsiya qonunchiligiga ko‘ra, 15 yoshga to‘lmagan shaxs bilan jinsiy aloqa qilish bolani zo‘rlash sifatida baholanadi. Sud futbolchini 2 yil 8 oy muddatga ozodlikdan mahrum qilish, deportatsiya hamda 150 ming krona miqdorida tovon puli to‘lashga hukm qilgan.

Eslatib o‘tamiz, Samarqandning “Dinamo” jamoasi 2025 yilgi Superliga mavsumini 4-o‘rin bilan yakunlagan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Samarqand “Dinamo” Kingsli Sarfo

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing