Din ishlari bo‘yicha qo‘mita raisiga yangi o‘rinbosar tayinlandi
Jamiyat
−
31 iyul
7789Matluba Qahhorova Din ishlari bo‘yicha qo‘mita raisi o‘rinbosari etib tayinlandi. Bu haqda Din ishlari bo‘yicha qo‘mita xabar berdi.
Qayd etilishicha, kecha, 30 iyul kuni Din ishlari bo‘yicha qo‘mitada Senat raisi Tanzila Norboyeva ishtirokida tadbir o‘tkazilib, unda tashkiliy masala ham ko‘rib chiqilgan. Din ishlari bo‘yicha qo‘mita raisi o‘rinbosari sifatida faoliyat ko‘rsatib kelgan Dilbar G‘ulomovani boshqa ishga o‘tishi munosabati bilan lavozimdan ozod qilish to‘g‘risidagi hamda Matluba Qahhorovani Din ishlari bo‘yicha qo‘mita raisi o‘rinbosari etib tayinlash to‘g‘risidagi Prezident qarori o‘qib eshittirilgan.
Ma’lumot uchun, Dilbar G‘ulomova 2019 yilda Din ishlari bo‘yicha qo‘mitada yangi ochilgan xotin-qizlar bilan ishlash yo‘nalishiga rahbar etib tayinlanib, qo‘mita raisi o‘rinbosari lavozimida ish boshlagandi. U endilikda qaysi lavozimga tayinlangani hozircha noma’lum.