Din ishlari bo‘yicha qo‘mita rahbariyati lavozimidan ozod etildi

Jamiyat

image

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mita rahbariyati lavozimidan ozod qilindi. 

QALAMPIR.UZ manbasining xabar berishicha, qo‘mita raisi Jasur Akromov, rais o‘rinbosari - Diniy-ijtimoiy jarayonlarni o‘rganish axborot-tahlil markazi direktori Nuriymon Abulhasan ishdan olingan.

Hozircha kim qo‘mitaga yangi rais etib tayinlangani noma’lum.

Ma’lumot uchun, Jasur Akromov ushbu lavozimda 2018 yilning 18 aprelidan beri faoliyat yuritib kelayotgandi. Muzaffar Komilov hamda Nuriyman Abdulhasan ham o‘shanda raisning o‘rinbosarlari etib tayinlangandi.

Nuriymon Abdulhasan Diniy-ijtimoiy jarayonlarni o‘rganish axborot-tahlil markaziga direktorlik qilgan. U 1994 yilda Toshkent islom institutini (oliy ma’had), 1997 yilda Misr Al-Azhar universitetini tamomlagan bo‘lib, ilgari Din ishlari bo‘yicha qo‘mita, prezident devonining Millatlararo va din masalalari bo‘yicha xizmatida va Ichki ishlar vazirligi tizimida faoliyat yuritgan.


Maqola muallifi

Teglar

Din ishlari bo'yicha qo'mita

Baholaganlar

158

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing