Dilshod Kenjayev: “O‘quvchilar uyquga to‘ymaydilar”

Jamiyat

image

O‘zbekistondagi maktablar o‘quvchilari uyquga to‘ymaydi. Bu esa ularning o‘zlashtirishlariga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Bu haqda bugun, 20 fevral kuni Xalqaro press-klubning navbatdagi sessiyasida Xalq ta’lim vazir o‘rinbosari Dilshod Kenjayev ma’lum qildi. 

"Ko‘p o‘quvchilar ta’lim olgani uyidan uzoqda joylashgan maktablarga boradi. Yo‘lda esa bola fiziologik jihatdan charchaydi va kech qolmasligi uchun u erta turadi, to‘yib uxlamaydi. Aslida esa u yetarlicha uxlashi kerak. Shuning uchun ham, o‘zining uy-joyidan uzoq bo‘lmagan maktablarga bolalarni berish kerak. Agar  eng yaxshi maktab qaysi deb so‘rashsa, hech ikkilanmay, uyingizga eng yaqin maktab deb aytgan bo‘lar edim", deb ta’kidlaydi vazir o‘rinbosari.

Shuningdek, Kenjayev bu yil xalq ta’limi sohasiga qancha mablag‘ ajratilgani haqida ma’lum qildi.

"Bu yil davlat byudjetidan 18,6 trillion so‘m mablag‘ xalq ta’limi sohasiga ajratilgan. Ularning 90 foizi soha xodimlarining oylik mablag‘larini shakllantiradi", dedi o‘rinbosar.


Maqola muallifi

Teglar

Dilshod Kenjaev

Baholaganlar

343

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing