Dilshod Kenjayev Prezident maslahatchisining o‘rinbosari etib tayinlandi

Jamiyat

image

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni bilan Xalq ta’limi vaziri o‘rinbosari Dilshod Kenjayev Prezident maslahatchisi o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.

Dilshod Kenjayev O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining yoshlar, fan, ta’lim, sog‘liqni saqlash, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha maslahatchisiga o‘rinbosar bo‘ldi.

Dilshod Kenjayev 1977 yil 3 yanvarda Andijon viloyatida tug‘ilgan. Tarix fanlari nomzodi. 2000 yil O‘zbekiston Milliy universiteti bakalavr, 2002 yilda magistratura yo‘nalishlarini bitirgan.

2006 yilgacha Toshkent shahridagi 191-maktab tarix fani o‘qituvchisi bo‘lgan.

2006−2012 yillarda Toshkent shahar pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti "Ijtimoiy fanlar va ma’naviyat asoslari" kafedrasida katta o‘qituvchi, mudir, ma’naviy ma’rifiy va ilmiy ishlar bo‘yicha prorektor bo‘lib ishlagan. 

2015−2017, 2017−2018 yillarda Xalq ta’limi vazirining o‘rinbosari bo‘lgan. 2018 yilda Vazirlar Mahkamasi Madaniyat, san’at va yoshlar siyosati masalalari ATD Yoshlar siyosati va ma’naviy rivojlantirish masalalari sho‘’basi mudiri bo‘lib ishlagan.

2018 yildan hozirga qadar Xalq ta’limi vazirining o‘rinbosari edi.


Maqola muallifi

Teglar

Dilshod Kenjaev

Baholaganlar

153

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing