Maktablarda sinflar yo‘nalishlarga ajratiladi
Jamiyat
−
20 fevral 2020
6196O‘zbekiston maktablaridagi sinflar turli yo‘nalishlar bo‘yicha guruhlarga ajratiladi. Bu haqda bugun, 20 fevral kuni Xalqaro press-klubning navbatdagi sessiyasida Xalq ta’lim vaziri o‘rinbosari Dilshod Kenjayev ma’lum qildi.
"Yaqin vaqt ichida maktablardagi sinflar yo‘nalishiga qarab 5 ta guruhlarga ajratiladi. Bular – aniq fanlar, gumanitar, tibbiyot va boshqalar", deb ta’kidladi vazir o‘rinbosari.
Kenjayev maktablarning ilmiy-texnik bazasi va ularda yaratilgan sharoitlar haqida xam gapiridi. Xususan, vazir o‘rinbosari respublikaning qancha maktabida sport zallari mavjud emasligini ochiqladi.
"Ayni vaqtda respublika bo‘ylab 3500 ta maktabda sport zallari mavjud emas", deydi vazirlik vakili.
Shuningdek, vazir o‘rinbosari 2020-2021 yilda xalq ta’limida milliy dastur ishlab chiqilishini xam ta’kidlab o‘tdi.
"2020-2021 yildan boshlab xalq ta’limida o‘qitishning milliy dasturi ishlab chiqiladi", deydi Dilshod Kenjayev.
Nurulloh Sharipov