Dilorom Karimova O‘zbekiston xalq artisti unvoni bilan taqdirlandi

Madaniyat-san’at

image

Aktrisa, “Ilhaq” filmidagi roli bilan yana bir bor tomoshabinlar qalbidan joy olgan aktrisa Dilorom Karimova O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning bugun, 27 avgust kuni imzolagan “O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining yigirma to‘qqiz yilligi munosabati bilan fan, ta’lim, adabiyot, madaniyat, san’at va ommaviy axborot vositalari sohalari xodimlaridan bir guruhini mukofotlash to‘g‘risida”gi farmoniga binoan O‘zbekiston Respublikasi xalq artisti unvoni bilan taqdirlandi. 

Ma’lumot uchun, Dilorom Karimova 1948 yilning 9 fevral kuni Toshkent shahrida ziyoli oilada tavallud topgan. Ijodiy faoliyatini 1967 yildan boshlagan. Ayni vaqtda mustaqil ijodkor. 

Tomoshabinlar Dilorom Karimovani hozirgi O‘zbek Milliy akademik drama teatri sahnasida qo‘yilgan “Parvona”, “Yurak sirlari”, "Qaroqchilar”, "Oqshomdan tushgacha", "13-rais", " Yulduzli tunlar", "Alvido hayot", "Aldagani xotin yaxshi" spektakllari, “Quyoshi botmaydigan yurt”, "Zabarjad", "Narigi sohilda qolgan bolalik", " Novda", "Parizod", "Tanho qayik", "Ilhaq" kabi filmlar va teleseriallar orqali yaxshi taniydi. 

Shuningdek, Prezident farmoni bilan xonanda Og‘abek Sobirov ham O‘zbekiston xalq artisti unvoni bilan taqdirlandi. 


Maqola muallifi

Teglar

Dilorom Karimova

Baholaganlar

511

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing