Diqqat! “O‘zbekiston pochtasi” firibgarlardan ogohlantirdi
Jamiyat
−
16 avgust 2019
5578“O‘zbekiston pochtasi” AJ fuqarolarni firibgarlardan ehtiyot bo‘lishga chaqirdi. Tashkilot nomidan e’lon qilingan yolg‘on aksiyalarga ishonmaslik bo‘yicha fuqarolarni ogohlantirdi.
“Sizga ma’lum qilamizki, ayni paytda, ba’zi ijtimoiy tarmoqlar va Telegram messenjerida Samsung Galaxy S10 mobil telefonini yutib olish imkoniyati mavjudligi borasida amalga oshirilayotgan aksiya haqida spam-xabar tarqatilmoqda. Sovrinni olish uchun firibgarlar 18 000 so‘m miqdoridagi yetkazib berish to‘lovini so‘ramoqda.
E’tiboringiz uchun, “O‘zbekiston pochtasi” AJ hech qanday promoaksiyalarni o‘tkazmayapti va tarqatilgan ma’lumotlar haqiqatdan yiroq!
Ushbu firibgarlikdan ehtiyot bo‘lishingizni, o‘zingizning shaxsiy ma’lumotlaringizni, shu jumladan, plastik kartangiz ma’lumotlarini hech kimga bermaslikni, shuningdek, kartalarga, Internet-hamyonlarga yoki boshqa yo‘l bilan oldindan to‘lovni o‘tkazmaslikni so‘raymiz!”, deyiladi “O‘zbekiston pochtasi” xabarida.
LiveBarchasi