Diqqat! Turkiyada migrantlarga reyd boshlandi
Olam
−
24 iyul 2023 9549 1 daqiqa
Turkiyaning Istanbul va boshqa yirik shaharlarida mamlakat qonunchiligini buzgan xorijliklarga nisbatan reyd amalga oshirilmoqda. Bu haqda O‘zbekistonning Istanbuldagi Bosh konsulxonasi xabar berdi.
Qayd etilishicha, so‘nggi vaqtlarda Turkiya politsiyasi tomonidan Istanbul va boshqa yirik shaharlarda maxsus reyd tadbirlari amalga oshirilib, Turkiya qonunchiligini buzgan xorijliklarga, shu jumladan, O‘zbekiston Respublikasi fuqarolariga nisbatan tegishli choralar ko‘rilmoqda.
“Shu munosabat bilan, Turkiyada turli sabablarga ko‘ra bo‘lib turgan fuqarolarimizdan mahalliy qonunlarga to‘liq rioya etishlari, o‘zlari bilan shaxsini tasdiqlovchi (pasport) va Turkiyada yashash ruxsatini beruvchi hujjatlarini olib yurishlari so‘raladi”, deyiladi xabarda.
Ma’lumot uchun, O‘zbekistonda 300 mingdan ortiq o‘zbekistonlik Turkiyada istiqomat qiladi. Ulardan 78 mingi mamlakatda rasman yashab, faoliyat yuritadi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq bir qancha ommaviy axborot vositalarida Turkiya hukumati Istanbuldagi xorijliklarga yashash uchun ruxsatnoma berish taqiqlagani haqida xabarlar tarqalgandi. Ammo mamlakat Tashqi ishlar vazirligi ushbu xabarlarni rad etib chiqqandi.
Live
BarchasiNamanganda yana zilzila bo‘ldi
06 dekabr