Diqqat! Toshkentda avtomobil o‘g‘risi qidirilyapti

Jamiyat

image

Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi avtomobilni olib qochgan shaxsni qidiruvga berdi.

IIBB ma’lumotiga ko‘ra, joriy yilning 3 yanvar kuni soat 19:40 dan 20:30 gacha bo‘lgan vaqt ichida haydovchi ishonchnoma asosida boshqargan Nexia-2 avtomobilini Shayxontoxur tumani Furqat ko‘chasida qoldirgan. Ammo mashina noma’lum shaxs tomonidan olib qochilgan. 

Avtomobil yo‘qolganini ko‘rgan haydovchi, hodisa haqida 102 ga ma’lum qildi. Ko‘rilgan tezkor choralar natijasida mashina topildi.

Avtomobil olib qochganlikda gumonlanuvchining shaxsi aniqlandi. U jizzaxlik 22 yoshli Rahmonqulov Elbek Abdusattor o‘g‘li ekanligi ma’lum bo‘ldi.

“Gumonlanuvchi qayerdaligi haqida biror ma’lumotga ega bo‘lganlarni 71-232-30-40, 71-232-40-50 yoki 102 raqami orqali xabar qilishlarini so‘raymiz”, deyiladi IIBB xabarida.


Maqola muallifi

Teglar

qidiruv o'g'rilik avtomobil'

Baholaganlar

310

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing