Diqqat! Toshkentda 57 yoshli erkak qidirilmoqda
Jamiyat
−
25 may 2020
19360Joriy yilning 20 may kuni soat 21:00 da Yakkasaroy tumani IIO FMB navbatchilik qismiga mazkur tumanda yashovchi Lisova A. ismli fuqaro murojaat qilgan. Bu haqda Toshkent shahar IIBB xabar berdi.
Lisova o‘z arizasida qaramog‘ida bo‘lgan qarindoshi 1963 yilda tug‘ilgan, Yakkasaroy tumani, Bog‘ibo‘ston ko‘chasi, 242 uy da yashovchi va 20 may kuni soat 17:30 da uydan chiqib, qaytib kelmagan Shingalsev Andrey Ivanovichning qidiruvi bo‘yicha chora ko‘rishni so‘ragan.
So‘ngi marta tashqi kuzatuv kameralari uni 20 may kuni kechasi “Yakkasaroy” masjidi tomon ketayotganini qayd etishgan.
Belgilari: chap qo‘lining bosh barmog‘ida “Andrey” yozuvi ko‘rinishida, chap oyog‘ida esa xoch shaklida tatuirovkasi bor.
Alohida belgilari: spirtli ichimlikka tobelikdan kelib chiqqan ruhiy kasalligi sababli o‘zi haqida hech qanday ma’lumot bera olmaydi.
Kiyimlari: yengi uzun jigar rang ko‘ylak, to‘q-ko‘k rangli ishton, oq rangli ipsiz oyoq kiyim.
“Qidiruv uchun foydali bo‘ladigan ma’lumotlarni 102, 71-232-30-40, 71-232-40-50 raqamlari orqali ma’lum qilishingizni so‘raymiz”, deyiladi boshqarma xabarida.
LiveBarchasi