Diqqat! Rossiya o‘zbekistonlik migrantlar uchun eshiklarni kattaroq ochmoqchi

Olam

image

Rossiya Federatsiyasi hukumati O‘zbekiston fuqarolarini mehnat bozoriga jalb qiluvchi pilot loyihani sezilarli darajada o‘zgartiruvchi qarorni e’lon qildi. Bu haqda “Kommersant” nashri xabar berdi.

Qayd etilishicha, bu qisman safarbarlik tufayli kuchaygan ishchilar yetishmasligi bilan bog‘liq. Rossiya Bosh vaziri Mixail Mishustin hukumatning 2022 yil 10 noyabrdagi 2035-sonli qarorini imzolagan. Bu 2021 yil oxirida boshlangan O‘zbekistondan mehnat migrantlarini maqsadli jalb etish bo‘yicha pilot loyiha parametrlarini sezilarli darajada o‘zgartiradi 

Ta’kidlanishicha, o‘zbekistonliklar Rossiyaning sanoat korxonalarida ishlashi mumkin. Shu paytgacha O‘zbekistondan mehnat muhojirlari soni qurilish va agrosanoat majmuasida 11 ming kishidan oshmasligi kerak edi. Endlikda, mehnat muhojirlarining soniga nisbatan cheklovlar olib tashlanadi.

Shuningdek, COVID'ga test topshirish va emlanish borasidagi majburiy talablar ham bekor qilingan.

Eslatib o‘tamiz, Prezident Vladimir Putin qisman harbiy safarbarlik e’lon qilganidan keyin minglab rossiyaliklar vatanidan chiqib ketgani aytiladi. Jumladan, Qozog‘istonga ham o‘n minglab ruslar qochib o‘tgan. Ko‘plab ekspertlarning fikriga ko‘ra, Rossiyani birinchi navbatda ziyoli insonlar tark etmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Vladimir Putin Mixail Mishustin

Baholaganlar

988

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing