Diqqat! Poytaxt markazidagi yirik bepul avtoturargohning taqdiri turklar qo‘liga o‘tdi

Jamiyat

image

Poytaxt Toshkentning Amir Temur va Shahrisabz ko‘chalari kesishmasidagi chorraha yonida, “Poytaxt” savdo-ko‘ngilochar markazi qarshisida joylashgan yirik bepul avtoturargoh bugun, 4 dekabrdan yopildi. Bu haqda “Xalq so‘zi” yozmoqda. 

Avtoturargoh hududi bir necha hafta ilgari o‘rab olina boshlangan edi. Endi esa u yerda “Diqqat, xususiy hudud. 2019 yil 4 dekabrdan avtomobillarning kirishi taqiqlanadi” degan e’lon osilgan.

Eslatib o‘tamiz, roppa-rosa bir yil avval Vazirlar Mahkamasining “Toshkent shahrining markaziy qismida ko‘p tarmoqli kompleks qurilishini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori qabul qilingandi.

Qarorga ko‘ra, Toshkent shahar hokimligi, O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi, Qurilish vazirligi hamda Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasining “Taşkent Merkez Park Gayrimenkul Yatirim Anonim şirketi” kompaniyasi (Turkiya Respublikasi) va “UzTur Investment and Development” MCHJ (O‘zbekiston Respublikasi) tomonidan Toshkent shahrida “Tashkent Central Park” ko‘p tarmoqli kompleksi qurish loyihasini amalga oshirish to‘g‘risidagi taklifi ma’qullangandi.

Toshkentning qoq markazida barpo etilishi rejalashtirilgan besh yulduzli mehmonxona, savdo-ko‘ngilochar markaz va tijorat banki aynan ushbu bepul avtoturargoh o‘rnida quriladi.

Shuni alohida aytish kerakki, ushbu joy 15-20 yildirki Toshkentning eng gapvjum, eng qimmat yerlaridan biri bo‘lgan. Unga talabgor tadbirkorlar yuzlab topilardi. Avtoturargoh o‘rnida bino qurish istagi bilan murojaat qilgan ko‘plab tadbirkorlar rad javobini olib kelgan. 
 


Maqola muallifi

Teglar

Toshkent

Baholaganlar

148

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing