Diqqat! Piyodaning umriga zomin bo‘lgan haydovchi qidirilyapti

Jamiyat

image

Qoraqlpog‘istonda bir kishini avtomobilda urib yuborgan va voqea joyidan qochib ketgan haydovchi qidirilyapti. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Matbuot xizmati xabar berdi.

Joriy yilning 30 iyun kuni soat 05:25 larda noma’lum haydovchi aniqlanmagan avtomashinani Qoraqalpog‘iston Respublikasining Nukus tumani “Aqmang‘it” OFY hududidan o‘tuvchi “Nukus-Aqmang‘it-Kegeyli” yo‘lida haydab ketayotib piyoda, Nukus tumani “Ko‘k-tau” MFYda yashagan 35 yoshli Jiyenbay Bekmuratovni urib yuborgan. So‘ng, haydovchi voqea joyidan qochib ketgan.

Natijada piyoda Jiyenbay Bekmuratov kasalxonaga yotqizilgan va ko‘rsatilgan tibbiy muolajalarga qaramay vafot etgan. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, ushbu yo‘l-transport hodisasini sodir etgan noma’lum haydovchini aniqlash va ushlash choralari ko‘rilgan. Tergov harakatlari olib borilmoqda.

“Hurmatli fuqarolar, agar siz ushbu hodisaga guvoh bo‘lgan bo‘lsangiz yoki ushbu hodisaga aloqador, shuningdek mazkur yo‘l-transport hodisasini sodir etgan shaxs va uning avtomashinasi haqida biron-bir ma’lumotga ega bo‘lsangiz ichki ishlar organlarining hududidiy bo‘linmalariga yoki “102” telefon raqamiga xabar berishingizni so‘raymiz”, deyiladi vazirlik xabarida.


Maqola muallifi

Teglar

YTH Qoraqalpog'iston

Baholaganlar

78

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing