Diqqat! Navoiyda 4 kishi qidirilmoqda
Jamiyat
−
28 avgust 2020
24298Navoiy viloyatida turli vaqtlarda bedarak yo‘qolgan to‘rt kishi qidirilmoqda. Bu haqda viloyat Ichki ishlar boshqarmasi xabar berdi.
Yo‘qolgan fuqarolarni topishda yordamlashganlarga pul mukofoti va’da qilinyapti.
“Atrofdagilarga nisbatan befarq bo‘lmang! Ularni topishda yaqindan yordam bering! Har bir shaxsni topishda ko‘maklashgan fuqaroga 10 million so‘mdan mukofot puli berilishi kafolatlanadi!”, deyiladi xabarda.
Quyidagilar qidirilmoqda:
Yelena Yevgenevna Melashenko (Jeleznova) 1960 yil 1 avgustda Toshkent shahrida tug‘ilib, Navoiy shahri, "A.Avloniy" ko‘chasi, 18-uy, 39-xonadonda istiqomat qilib kelgan. 2018 yil 6 may kuni taxminan soat 18:00 lar atrofida yashash xonadonidan chiqib ketib, qaytib kelmagan.
G‘ayrat Ilxomovich Qurbonov 1990 yil 30 aprel kuni Buxoro viloyati G‘ijduvon tumanida tug‘ilib, Qiziltepa tumani “Furqat” MFY, "Bunyodkor" ko‘chasida yashab kelgan. 2018 yil 27 sentyabr kuni kech soat 20:00 larda ishdan chiqib, bedarak yo‘qolgan.
Hasanov Boburjon Abdullo o‘g‘li 2002 yil 1 mart kuni Navoiy viloyatida tug‘ilgan. Karmana tumani “Xazora” MFY, "Toshrabot" ko‘chasi, 139-uyda istiqomat qilib kelgan. 2019 yil 6 iyun kuni taxminan soat 07:30 larda o‘z yashash xonadonidan chiqib ketib, qaytmagan.
Egamberdi O‘razovich Xushvaqov 1957 yil 19 noyabrda Xatirchi tumanida tug‘ilgan, Xatirchi tumani, "Avoqli" MFY, "Qarg‘atepa" qishlog‘ida yashagan. 2013 yil may oyida ishlash maqsadida Uchquduq tumani hududida joylashgan “Moyli soy” tuz koniga ishlash maqsadida ketib, yashash manziliga qaytib kelmasdan, bedarak yuqolgan.
LiveBarchasi