Diqqat, qidiruv! 19 yoshli yigit mashinada ketib, qaytmadi

Jamiyat 3992
image

Toshkentda uyidan mashinada chiqib ketgan 19 yoshli yigit qidirilyapti. Bu haqda IIV Matbuot xizmati xabar berdi.

Kecha, 3 avgust kuni oshkent shahrining Shayxontohur tumani Beltepa mahallasida yashovchi 43 yoshli M.A. ismli ayol IIBga murojaat qilgan. Ayol shu yil 1 avgust kuni soat 22:00larda birga yashovchi o‘g‘li 19 yoshli Komilxon Usmonov o‘zining davlat raqam belgisi 01 Z 455 RA bo‘lgan Captiva rusumli avtomobilida uyidan noma’lum tomonga chiqib ketib, bedarak yo‘qolganligini ma’lum qilgan.

Hozirda Komilxon Usmonovni qidirib topish choralari ko‘rilgan. Holat yuzasidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

“Fuqarolarimizdan Komilxon Usmonov yoki uning boshqaruvidagi “Kaptiva” avtomashinasi haqida biron bir ma’lumotga ega bo‘lsalar ichki ishlar organlarining hududiy bo‘limlariga yoki “102” telefon raqamiga qo‘ng‘iroq qilib, xabar berishlarini so‘raymiz”, deyiladi IIV xabarida.

Sunnatilla Abdullayev
Maqolaga baho bering
Baholaganlar: 110
Reyting: 2.9
Teglar
Будьте в курсе событий!
×
×