Diqqat: Ertaga qabulning so‘nggi kuni. Bugungacha qancha abituriyent ro‘yxatdan o‘tdi?

Jamiyat

image

Qabul-2020: 1,3 milliondan ortiq abituriyent ro‘yxatdan o‘tdi 

Bugun, 19 iyul soat 18:00 holatiga respublika bo‘yicha jami  1 323 384 nafar (joriy yilgi bitiruvchilar 510 572 nafar) abituriyent ro‘yxatdan o‘tdi.

Shundan, ta’lim shakli bo‘yicha:

•    kunduzgi – 733 951 nafar;
•    sirtqi – 558 124 nafar;
•    kechki – 31 309 nafar.

Hududlar miqyosida:

•    Toshkent shahri – 360 598 nafar;
•    Samarqand viloyati – 125 048 nafar;
•    Farg‘ona viloyati – 101 295 nafar;
•    Andijon viloyati – 96 401 nafar;
•    Qashqadaryo viloyati – 87 995 nafar;
•    Surxondaryo viloyati – 80 591nafar;
•    Qoraqalpog‘iston Respublikasi – 74 377 nafar;
•    Toshkent viloyati – 70 246 nafar;
•    Namangan viloyati – 69 964 nafar;
•    Jizzax viloyati – 63 901 nafar;
•    Buxoro viloyati – 59 143 nafar;
•    Xorazm viloyati – 50 308 nafar;
•    Navoiy viloyati – 42 794 nafar;
•    Sirdaryo viloyati – 37 723 nafar.

Tillar kesimida:

•    o‘zbek tilida – 1 157 573 nafar (87,6 foiz)
•    rus tilida – 123 503  nafar (9,3 foiz)
•    qoraqalpoq tilida – 39 429 nafar (2,9 foiz)
•    boshqa tillarda – 2 879 (0,2 foiz).

Eng ko‘p abituriyent ro‘yxatdan o‘tgan OTMlar:

•    Samarqand davlat universiteti – 67 405 nafar;
•    Andijon davlat universiteti – 52 300  nafar;
•    Qarshi davlat universiteti – 51 733 nafar;
•    Termiz davlat universiteti – 46 251 nafar;
•    Namangan davlat universiteti – 46 223 nafar.

Eslatib o‘tamiz, ertaga, 20 iyul abituriyentlarni ro‘yxatdan o‘tkazishning so‘nggi kuni.


Maqola muallifi

Teglar

OTM imtihon abiturient

Baholaganlar

265

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing