Dibala 12 million evaziga “Roma”ni tark etishi mumkin

Sport

image

“Roma”ning argentinalik futbolchisi Paolo Dibalaning shartnomasi tafsilotlari ma’lum bo‘ldi. Kelishuvga ko‘ra, futbolchi 12 million yevro evaziga klubni tark etishi mumkin. Bu haqda futbol jurnalist Matteo Moretto o‘z X sahifasida ma’lum qildi.

Manbaga ko‘ra, argentinalik futbolchining Rim klubi bilan shartnomasini bekor qilish uchun ikkita band bor. 12 million yevro miqdoridagi kompensatsiya miqdori mavjud. Joriy yilning 15 yanvariga qadar yoki 1 iyuldan 31 iyulgacha mazkur summani to‘lashga tayyor bo‘lgan argentinalik futbolchi o‘z safiga qo‘shib olishi mumkin.

Qayd etilishicha, agar biron bir italyan klubi qaytarib sotib olish bandini faollashtirishga qaror qilsa, yakuniy qarorni “Roma” qabul qiladi. Agar biror chet el klubi sotib olish summasini faollashtirishga qaror qilsa, yakuniy qaror Dibalada qoladi.

Joriy mavsumda “Roma”ning 30 yoshli hujumchisi Paulo Dibala “bo‘rilar” safida barcha turnirlarda 16 ta o‘yinda maydonga tushib, 5 ta gol urdi va 6 ta golli uzatmani amalga oshirdi.


Maqola muallifi

Teglar

Roma Paolo Dibala

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing