“Di-si” Jon Jonsning UFC’dagi kelajagini bashorat qildi
Sport
−
13 yanvar 2022
2277Ikki vaznda UFC sobiq chempioni Daniyel Kormening fikricha, Jon Jons super og‘ir vazn toifasida liga chempioni bo‘la olmaydi.
“Men Jon Jonsning og‘ir vaznda jang qilishiga ishonaman va u kamar uchun kurashadi. Lekin “suyak” Siril Gan yoki Fransis Ngannuga yutqazadi. Menimcha, vaqt o‘tishi, vazndagi farq va bu yigitlarning o‘zlari kim ekanliklari, muammo shu. Jonsning ahvoli yomonlashgani yo‘q, shunchaki bu yigitlar og‘ir vazn toifasidagilardir”, deydi Korme.
Eslatib o‘tamiz, Jons yarim og‘ir vazn toifasida chempionlik kamaridan voz kechib, super og‘ir toifaga o‘tishini e’lon qilgan. Biroq shundan beri u birorta ham jang o‘tkazmadi. Jonsning uzilish vaqti deyarli ikki yildan beri davom etmoqda.
O‘shanda merikalik jangchi UFC chempioni, kamerunlik Fransis Ngannu bilan jang o‘tkazishi taxmin qilingandi.