Di Mariya YeCHLdagi assistlar soni bo‘yicha Messini ortda qoldirdi

Sport

image

Italiyaning “Yuventus” klubining argentinalik yarim himoyachisi Anxel Di Mariya Yevropa Chempionlar ligasining eng yaxshi assistentlari ro‘yxatida PSJ hujumchisi Lionel Messidan o‘zib ketdi. Bu haqda UEFA rasmiy sayti xabar berdi.

Di Mariya “Yuventus”ning Chempionlar ligasi guruh bosqichi 3-turi doirasidagi “Makkabi”ga qarshi o‘yinida (3:1) uchta golli uzatmani amalga oshirdi. Shu tariqa, argentinalik futbolchining Chempionlar ligasidagi  golli uzatmalari soni 38 ta yetdi. Messida esa samarali uzatmalar soni 37 tani tashkil qiladi. Bu ko‘rsatkich bo‘yicha Leo 3-o‘ringa joylashgan.

"Manchester Yunayted" hujumchisi Krishtianu Ronaldu 42 golli uzatma bilan Chempionlar ligasining eng yaxshi assistenti bo‘lib turibdi. To‘rtinchi o‘rin esa PSJning yana bir hujumchisi Neymarga nasib qilgan. Uning hisobida 32 ta golli uzatma bor.

Avvalroq, Lionel Messining YeCHLda gol urgan klublari soni 40 taga yetgani va bu mutloq rekord ko‘rsatkich bo‘lgani to‘g‘risida xabar berilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Lionel' Messi Anxel Di Mariya

Baholaganlar

12

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing