Messi YeCHLda yana bir katta rekord o‘rnatdi

Sport

image

Kecha, 5 oktyabr kuni Yevropa Chempionlar ligasining 3-turi doirasida Fransiyaning PSJ klubi “Benfika”ga qarshi maydonga tushdi va 1:1 hisobidagi durrangga imzo chekdi.

Uchrashuvdagi Parij klubinin yagona goliga Lionel Messi mualliflik qildi. Natijada, Leo Messining Yevropa chempionlar ligasida gol urgan klublari soni 40 taga yetdi va bu mutloq rekord ko‘rsatkich hisoblanadi. Messidan keying eng yaxshi natija Krishtianu Ronalduga tegishlidir. Portugaliyalik futbolchi YeCHLda 38 ta klub darvozasini ishg‘ol qilgan.

Shuningdek, argentinalik futbolchi “Benfika”ga qarshi uchrashuvda YeCHLning guruh bosqichidagi 77-golini urdi. 35 yoshli futbolchiga 77 ta gol urish uchun 83 ta o‘yin kerak bo‘lgan.

Umuman olganda, joriy mavsum Lionel Messi uchun omadli o‘tmoqda. U PSJ safida 13 ta uchrashuvda maydonga tushib, 8 ta gol urdi va 8 ta golli uzatma amalga oshirdi.

Ma’lumot uchun, Messi 2021 yilning yozida “Barselona”ni tark etib, PSJ safiga qo‘shilgandi. U “ko‘k anorranglilar” safida 520 ta o‘yin o‘tkazib, 474 ta gol urgan va 216 ta golli uzatmani amalga oshirgan. Messi Kataloniya klubi bilan birgalikda 35 ta sovrinni qo‘lga kiritgan va “Oltin to‘p”ning yetti karra sohibiga aylangan


Maqola muallifi

Teglar

Lionel' Messi

Baholaganlar

360

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing