Di Mariya Messidan o‘zib ketdi

Sport

image

“Benfika” klubining 36 yoshli argentinalik yarim himoyachisi Anxel Di Mariya Yevropa Chempionlar ligasi umumiy bosqichi 5-turidan o‘rin olgan “Monako”ga qarshi o‘yinda (3:2) ikkita golli uzatmani amalga oshirdi va eng yaxshi golli uzatmalar bo‘yicha reytingda 2-o‘ringa ko‘tarilib oldi.

Hozirga kelib, futbolchi Yevropaning asosiy turnirida 41 ta golli uzatmaga ega bo‘ldi va buning evaziga u 40 ta golli uzatmaga ega bo‘lgan sobiq jamoadoshi Lionel Messidan o‘zib ketdi. Bu borada Yevropa Chempionlar ligasi rekordchisi 42 golli uzatmaga ega portugaliyalik hujumchi Krishtianu Ronaldu hisoblanadi.

2024/2025 yilgi mavsumda barcha musobaqalar doirasidagi Di Mariya 16 ta o‘yinda  8 ta gol urdi va 5 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Hozirda YeCHL umumiy guruh bosqichi 5-turidan keyin “Benfika” 9 ochko bilan 14-o‘rinni egallab turibdi. Bu o‘rin esa Lissabon klubining chorak final yo‘llanmasi uchun pley-off o‘yinida qatnashishini kafolatlaydi. Umumiy guruh bosqich o‘yinlari yakunlanishiga esa 3 ta tur qoldi.


Maqola muallifi

Teglar

Lionel' Messi Krishtianu Ronaldu Anxel' Di Mariya Benfika

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing