Di Kaprio va Bezos Baydenga ochiq xat yo‘llamoqchi

Olam

image

Gollivud aktyori Leonardo Di Kaprio va Amazon asoschisi Jeff Bezos AQSH Prezidenti Jo Baydenga murojaat yo‘llamoqchi. Ochiq xat mualliflari Baydenni iqlim o‘zgarishi muammosiga javob berishga chaqirgan. 

Murojaatni yana 150 nafar faol, jumladan, aktyor va ishbilarmonlar qo‘llab-quvvatlagan. 

Maktubga aktrisalar Natali Portman, Zoui Deshanel, Yevropa parlamentining atrof-muhit, sog‘liq va oziq-ovqat xavfsizligi qo‘mitasi raisi Paskal Kanfin va boshqalar imzo chekkan.

Maktub mualliflari Bayden tarixga "iqlim Prezidenti" sifatida kirishi mumkinligiga ishonch bildirgan va uni bu yo‘nalishda qat’iy choralar ko‘rishga chaqirgan. 

Faollar Baydenning ish boshlagan birinchi kunida imzolagan farmonini qo‘llab-quvvatlagan. Bayden imzolagan hujjatning mazmuni shundan iboratki, u AQSHni Parijning iqlim to‘g‘risidagi bitimiga qaytaradi.

Murojaat mualliflari esa bu yetarli emas, deb hisoblamoqda va bu borada Baydendan qat’iy choralar talab qilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Bayden

Baholaganlar

228

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing