Deputatlar pensiyani hisoblash tartibini o‘zgartirishni ma’qulladi

Jamiyat

image

2023 yildan boshlab fuqarolarga pensiyani hisob-kitob qilish tartibida o‘zgarish bo‘lishi kutilmoqda. Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari “Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti to‘g‘risida”gi qonunga o‘zgartishlar kiritish haqida qonun loyihasini ma’qulladi.

Ushbu Qonun loyihasiga ko‘ra, 2023 yildan boshlab fuqarolarga pensiyani hisob-kitob qilish uchun inobatga olinadigan o‘rtacha oylik ish haqini pensiyani hisoblashning bazaviy miqdorining 12 baravaridan ortiq bo‘lmagan (3 888 000 so‘m) miqdordagi o‘rtacha oylik ish haqidan hisobga olinadi.

Ma’lumot uchun, amaldagi qonunchilikka muvofiq pensiyani hisob-kitob qilish uchun pensiyani hisoblash bazaviy miqdorining o‘n baravaridan ortiq bo‘lmagan (3 240 000 so‘m) miqdordagi o‘rtacha oylik ish haqi olinadi.

Natijada 352 ming nafar fuqaroning pensiya miqdori qayta hisob-kitob qilinib, o‘rtacha oylik pensiya miqdori 400 ming so‘mgacha oshadi. Xususan,

•    304 ming nafar yoshga doir pensiyalar;
•    25,2 ming nafar nogironligi bo‘lgan shaxslar;
•    23 ming nafar boquvchisini yo‘qotganlar.

Ta’kidlash lozimki, pensiyani hisoblashda inobatga olinadigan ish haqi chegarasi 3-marotaba oshirilmoqda. Ya’ni, 1994 yil 1 iyundan kuchga kirgan “Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonunida pensiyani hisob-kitob qilish uchun inobatga olinadigan o‘rtacha oylik ish haqining yuqori chegarasi pensiyani hisoblashning bazaviy miqdorining 7 baravari miqdorida belgilangan, keyinchalik ushbu miqdor 2007 yil 1 oktyabrdan 8 baravarga, 2019 yil 1 yanvardan 10 baravarga ko‘tarilgan.

Qonun loyihasiga muvofiq ko‘zda tutilgan tadbirlarni amalga oshirishda Pensiya jamg‘armasidan yiliga qo‘shimcha ravishda 1,5 trln so‘mdan ortiq mablag‘ ajratiladi.


Maqola muallifi

Teglar

pensiya

Baholaganlar

471

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing