Deputatlar Nozim Husanov nomzodini ko‘rib chiqyapti

Jamiyat

image

Avvalroq, Toshkent shahar Sergeli tumani hokimi Nozim Husanov O‘zbekiston Bandlik va mehnat munosabatlari vaziri etib tayinlanayotgani, nomzodni Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari ma’qullashi kerakligi haqida xabar bergan edik.

Bugun, 12 sentyabr kuni Oliy Majlis Qonunchilik palatasida tarkib topgan yangi amaliyotga muvofiq, ayni daqiqalarda siyosiy partiyalar fraksiyalari hamda Ekoharakat deputatlik guruhida deputatlar Hukumat a’zoligiga tayinlanayotgan nomzodni ko‘rib chiqdilar.

Bu gal O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vaziri lavozimiga nomzod muhokamasi o‘tkazildi.

O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vaziri lavozimiga ayni paytda Toshkent shahri Sergeli tumani hokimi lavozimida ishlab kelayotgan Nozim Husanovning nomzodi ko‘rsatilgan.

Fraksiyalar yig‘ilishlarida Nozim Husanov deputatlar tomondan ko‘tarilgan savollarga atroflicha javob qaytardi hamda ular e’tiboriga mazkur lavozimga kirishganidan so‘ng fuqarolar bandligini ta’minlash sohasidagi islohotlarning samaradorligini oshirish maqsadida kelgusida qiladigan ishlari bo‘yicha o‘z Harakatlar dasturi haqida atroflicha axborot berdi.

Ushbu masala bugun Oliy Majlis Qonunchilik palatasining yalpi majlisida batafsil ko‘rib chiqiladi.


Maqola muallifi

Teglar

deputat Qonunchilik palatasi Nozim Husanov

Baholaganlar

20

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing