Deputatlar kafe-restoranlarning solig‘ini yengillatadigan qonunni qabul qildi

Jamiyat

image
Ayrim tadbirkorlarga daromad solig‘i to‘lashda yengillik berildi north_east

Ayrim tadbirkorlarga daromad solig‘i to‘lashda yengillik berildi

2021 yil 1 sentyabrdan boshlab 2021 yil 31 dekabrga qadar umumiy ovqatlanish korxonalari yuridik shaxslardan olinadigan yer solig‘i va yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliqni to‘lashdan ozod qilinadi. Bu haqda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Rasul Kusherboyev ma’lum qildi.

Deputatga ko‘ra, shu mazmundagi “O‘zbekiston Respublikasining Soliq kodeksiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qonun loyihasi deputatlar tomonidan ko‘rib chiqilib, birinchi va ikkinchi o‘qishlarda qabul qilingan.

Qonun bilan umumiy ovqatlanish korxonalariga mahalliy davlat hokimiyati organlariga ariza yubormasdan turib, soliq organlarini xabardor qilgan holda aylanmadan olinadigan soliq, foyda solig‘i, suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq, yuridik shaxslardan olinadigan yer solig‘i, yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq va yig‘imlar bo‘yicha 2021 yil 15 avgust holatiga bo‘lgan mavjud qarzdorlikni, shuningdek, barcha soliqlar bo‘yicha jarima va penyalarni 2022 yil 1 yanvardan 1 iyulga qadar foizlarni to‘lamasdan teng miqdorlarda kechiktirib (bo‘lib-bo‘lib) to‘lash huquqi beriladi. 


Maqola muallifi

Teglar

restoran kafe

Baholaganlar

64

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing