Deputatlar “Davlat qarzi to‘g‘risida”gi qonunni ma’qulladi

Jamiyat

image

O‘zbekistonda davlat qarzi miqdorining oshishini nazoratga olish va xavfsiz darajada qolishini kafolatlovchi qonun loyihasi ishlab chiqildi. Loyiha bugun, 29 mart kuni Oliy Majlis Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisida deputatlar tomonidan ikkinchi o‘qishda muhokama qilindi.

Majlisda qayd etilishicha, “Davlat qarzi to‘g‘risida”gi  qonuni loyihasi ilg‘or xalqaro tajribalar asosida ishlab chiqilgan. Unda to‘rtta asosiy yo‘nalish belgilanganmoqda.

Birinchi yo‘nalish, davlat qarzini xalqaro standartlar asosida boshqarish, mazkur jarayonda parlament rolini oshirish, uni makroiqtisodiy barqarorlik uchun xavfsiz darajada saqlab turish;

Ikkinchi yo‘nalish, davlat ichki va tashqi qarziga o‘z vaqtida kafolatli xizmat ko‘rsatilishini ta’minlash;

Uchinchi yo‘nalish, davlat qarzini diversifikatsiya qilish va unga xizmat ko‘rsatish xarajatlarining oshib ketish xatarlarini pasaytirish;

To‘rtinchi yo‘nalish, davlat kafolatini berish mexanizmini takomillashtirish.

Deputatlarning ta’kidlashicha, qonun loyihasining qabul qilinishi bilan davlat qarzini boshqarish jarayonining fragmentatsiyalashuvi oldi olinadi, davlat qarzi va davlatning shartli majburiyatlari bo‘yicha xatarlarni samarali boshqarish, shuningdek davlat qarziga o‘z vaqtida va to‘liq xizmat ko‘rsatilishini kafolatli ta’minlash mexanizmlari joriy etiladi.

Bundan tashqari, qonun loyihasi O‘zbekiston Respublikasining xalqaro reytinglardagi o‘rnini yaxshilashga, makroiqtisodiy barqarorlikni ta’minlashga, jalb qilinayotgan mablag‘lardan samarali foydalanishga hamda davlat qarzi bilan bog‘liq xatarlarni boshqarishga xizmat qiladi.

Loyiha ikkinchi o‘qishda ma’qullandi.


Maqola muallifi

Teglar

davlat qarzi

Baholaganlar

53

Reyting

3.2

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing