Deputat Prezidentdan uyg‘urlarni himoya qilishni so‘rab, murojaat yo‘lladi
Jamiyat
−
18 iyul 2019 9643 1 daqiqa
Xalq deputatlari Bo‘stonliq tuman Kengashi deputati Qobul Do‘sov O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevga xitoydagi uyg‘urlarni himoya qilishni so‘rab murojaat yo‘lladi.
“Bizning rizqimizni Xitoy emas, Alloh beradi!
Bir vaqtlar Turonimizning bir bo‘lagi, millatimiz bir parchasi bo‘lgan Uyg‘uriston hozir zulm iskanjasida...
O‘zbek, qozoq, uyg‘urlardan tashkil topgan yurt va u yerdagi musulmonlar xo‘rlanmoqdalar. Bu turkiy zabon millatlarning ota yurti bu O‘zbekistondir.
Bizning yurtimiz otasi janob Prezidentimizdan bir farzandi sifatida iltimos qilaman. Sizning hukumdor bobolaringizda me’ros bo‘lgan bu o‘lkaga, ya’ni Uyg‘uristonga siz janobi oliylari, moddiy emasdir balki, lekin ma’naviy otaligingiz rad qilib bo‘lmaydigan xaqiqatdir.
Shuning uchun butun jim turgan musulmon davlatlari ichida tashabbusni siz o‘z qo‘lingizga olishingizdan imonim komil!
Bu ishda sizga Allohning o‘zi yoru-yordamchi bo‘lishi aniqdir!
Chunki, kichik guruxlarni Alloh katta kuchlar ustidan g‘olib qilishi, tarixda avvalo muqaddas Qur’onimizda, Amir Temur, Jaloliddin Xorazmshoxlar hayotida o‘z isbotini topgan...”, deb yozadi deputat Qobul Do‘sov.
Ma’lumot uchun, BMTning o‘tgan yildagi hisobotiga ko‘ra, Xitoydagi musulmon uyg‘urlarni “qayta tarbiyalash” lagerlarida 1 millionga yaqin odam ushlab turilibdi.
Live
BarchasiIspaniya migrantlarni Seutani tark etishga majbur qilish uchun ularni suv va o‘tsiz qoldirmoqda
17:40
Toshkentdagi o‘pirilib tushgan yo‘l o‘tkazgich qurilishida 7,4 mlrd so‘m yeb yuborilgani ayon bo‘ldi
17:28