Jizzaxda noyob ayiq qopqondan qutqarildi

Jamiyat

image

Jizzax viloyatida noma’lum ovchilar davlat muhofazasida bo‘lgan hayvonni ovlamoqchi bo‘lishdi. Bu haqda Davlat Ekologiya qo‘mitasi xabar berdi.

Ma’lum bo‘lishicha, joriy yilning 26 avgust kuni Jizzax viloyatining Baxmal tumanidagi Baxmal davlat o‘rmon xo‘jaligi Uzunbuloq bo‘limi Kattasoy aylanmasi hududida noma’lum fuqarolar tomonidan qo‘yilgan qopqonga O‘zbekiston Qizil kitobiga kiritilgan ayiq tushganligi ma’lum bo‘lgan.

Ta’kidlanishicha, Davlat ekologiya qo‘mitasi Bioxilmaxillik va muhofaza etiladigan tabiiy hududlar bosh boshqarmasi hamda Jizzax viloyati ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish boshqarmasi mutaxassislari bayon etilgan manzilga yetib borganlar. 

Qayd etilishicha, hozirda ayiqni qutqarish, davolash muolaja ishlari olib borilmoqda.

Ahrorbek Hayrullayev


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Jizzax Qizil kitob

Baholaganlar

207

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing