Deputat Azamat Ziyo: Erkinlik xavfli kuch

Jamiyat

Bugun, 14 sentyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatida Oliy Majlis Senati hamda Qonunchilik palatasi Kengashlarining qo‘shma majlisi o‘tkazilgani haqida avvalroq, xabar bergandik.

Mazkur yig‘ilish kun tartibidagi birinchi masala, to‘y-hashamlar, oilaviy tantanalar, ma’raka va marosimlar, marhumlarning xotirasiga bag‘ishlangan tadbirlar o‘tkazilishini tartibga solish tizimini yanada takomillashtirish yuzasidan Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Azamat Ziyo o‘z fikr mulohazalarini bayon etdi:

“Bizni yaxshi tashabbuslarimiz doim ko‘p bo‘lgan, lekin eng katta kamchiligimiz qog‘ozda qolib ketgan. Qonunlarimizning va qabul qilgan qarorlarimizning ishlamasligida. Bunaqa yig‘ilishlarda hammamiz bir-birimizni qo‘llaymizda chiqqanimizdang keyin ko‘pchilikni esidan chiqib ketadi. Xolbuki o‘sha bir yil oldingi Senatning va mahalliy kengashlarning boshlagan ishlari yomon emasdi. Faqat biz uyushmagan millat bo‘lganimiz uchun hal qilolmadik. To‘y-hashamlarni hal qilish jamoatchilikning ishi. Lekin, jamoatchilik juda orqada. Buni tan olishimiz kerak, sabablari bor”, dedi Azamat Ziyo. 

“Yoshlarimizni odamlarimizni “mixlab”qo‘ygan omillardan biri bu kino asari. Cho‘lponning “Qor qo‘ynida lola” hikoyasi bor. Singan savdogar boy 17 yashar qizini eshonbuvaga berib yuboradi. Agar “O‘zbekkino” mingta gapdan ko‘ra bitta kino ishlasa mohiyatini ochib berardi. Xuddi shu holat bugun ham bor. Eshonbuvalar ham bor, ko‘p xotinlik ham bor va hokazo...

Hamma narsa bor. Agar bunday olib qarasak, 150 yillik tarix bo‘lsa, biz 150 yil ichida o‘zgarmaganmiz. Faqatgina telefon paydo bo‘ldi, mashina paydo bo‘ldi, odamlar salgina yaxshi yashadi. Haliyam o‘rta asrlar dunyoqarashida yuribmiz.

Jamoatchilik o‘zini-o‘zi tozalamasa mingta qonun ham foyda bermaydi. Biz ko‘proq jamoatchilikning o‘zini kuchiga suyanishimiz kerak, jamoatchilikni o‘zini safarbar qilishimiz kerak”, dedi deputat Azamat Ziyo. 

“Erkinlikni boshqarolmay qolsak, u reaksiya beradi. Erkinlik xavfli kuch. Bunyodkorlik ham, buzg‘unchilik ham unda mujassamlashgan.  Erkinlikni qo‘lga kiritdik, jamoatchilik davlatni nazorat qilishga o‘rgandi. Lekin jamoatchilik o‘zini-o‘zi nazorat qilishga o‘rgangani yo‘q. Eng katta xatoimiz, eng katta muammomiz mana shu", dedi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Azamat Ziyo. 
 


Maqola muallifi

Teglar

deputat erkinlik

Baholaganlar

153

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing