Depressiyadan chiqish uchun nimalar qilish lozim? 

Salomatlik

image

Depressiya kayfiyatning keskin pasayishi, fikrlar karaxtligi va har qanday harakatga bo‘lgan intilishning yo‘qolishi bilan kechuvchi kasallik. Uzoq muddatli depressiya ishlashga, boshqalar bilan munosabatlarga salbiy ta’sir qiladi va jiddiy kasalliklarning rivojlanishiga olib kelishi mumkin. 

Depressiyaning ko‘plab belgilari mavjud. Masalan, ko‘plab bemorlar kun bo‘yi uxlashni xohlaydi, lekin kechalari yotgandan keyin bir necha soat uxlay olmaydi. Bu charchoqning to‘planishiga va vaziyatning og‘irlashishiga olib keladi. 

Depressiya hayot sifatini pasaytiradi, shuning uchun iloji boricha tezroq undan chiqib ketish kerak. Quyida bu borada bir nechta maslahatlar bilan tanishing: 

1. Vaqtida uxlang. Uyqu va dam olishning yetishmasligi depressiyani yanada kuchaytiradi. Shuning uchun, kuniga kamida 8 soat uxlashni ta’minlash kerak. To‘liq dam olish uchun soat 23:00 gacha uyquga yotish kerak. Yotoqxona tinch va qorong‘u bo‘lishi lozim. Xonadagi havo haroratiga ham e’tibor qaratish muhim. 

2. Dam oling. Zamonaviy odamning hayot ritmi ko‘proq poygaga o‘xshaydi, ular ko‘p ishlab, kam oladi. Depressiyaga tushganlar esa ko‘proq dam olishi kerak. Bunda chuqur nafas olish va chiroyli tasvirlarni vizualizatsiya qilishga asoslangan meditatsiyalar juda yaxshi yordam beradi. 

3. Vaziyatni o‘zgartiring. Ko‘pincha, ruhiy tushkunlikdan chiqish uchun sharoitni o‘zgartirish kifoya: uyda mebellar o‘rnini almashtirish, sayohatga borish, teatr va ko‘rgazmalarga tashrif buyurish, yangi turmush tarzini yaratish lozim. 

4. Atrof-muhitni o‘zgartiring. Jamiyat insonga katta ta’sir ko‘rsatadi. Tushkunlikka tushgan, baxtsiz odamlar bilan muloqot depressiya holatiga olib keladi. Shuning uchun, faol, quvnoq va baxtli odamlar bilan muloqot qilishga harakat qiling. Yangi qiziqarli odamlar bilan tanishish uchun biron bir o‘quv mashg‘ulotlariga borish, sevimli mashg‘ulot klublariga qo‘shilish mumkin. 

5. Jismoniy faollikni oshiring. Psixologik holat jismoniy faoliyat bilan bevosita bog‘liqdir. O‘rtacha jismoniy mashqlar kayfiyatni yaxshilaydi. Siz buni odatiy mashqlar va kichik yugurish bilan boshlashingiz mumkin, sport klubiga borish, raqs yoki yoga bilan shug‘ullanish ulardan ham yaxshiroqdir. Bu nafaqat jismoniy faoliyatni ta’minlaydi, balki ayni paytda vaziyatni va atrofni o‘zgartirishga imkon beradi.


Maqola muallifi

Teglar

depressiya

Baholaganlar

289

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing