Mutaxassis kuzgi depressiyani yengish usulini aytdi
Salomatlik
−
24 Sentabr 2021
9985Kuz faslida ko‘pchilik insonlarda tushkun kayfiyat kuzatiladi. Tibbiyot fanlari nomzodi, psixiatr Olga Kotova kuzda hissiy holatni yaxshilashning oddiy usullarini ma’lum qildi.
Kunning qisqarishi, havo haroratining pasayishi, yomg‘irning uzoq davom etishi — bularning barchasi ma’lum sharoitlarda kuzgi depressiyaga olib kelishi mumkin.
Olga Kotovaning so‘zlariga ko‘ra, ruhiy tushkunlikni yengishning eng oson yo‘li hayotga ko‘proq yorug‘lik qo‘shishdir.
“Mavsumiy ruhiy tushkunlik, ya’ni mavsumiy kayfiyat buzilishining oldini olish uchun elektr energiyasini ayamaslik va yorug‘likni tejamaslik kerak. Uyda va ishda yorug‘lik qancha ko‘p bo‘lsa, odamning hissiy holati shunchalik yaxshi bo‘ladi”, deb tushuntirgan shifokor.
Shuningdek, shifokorga ko‘ra, yilning bu vaqtida yetarlicha uxlash juda muhim. Shuning uchun, uxlashga xalaqit beradigan omillarni istisno qilish kerak. Shu jumladan, kechqurun kompyuter oldida uzoq o‘tirmaslik kerak.
“Monitorlar ko‘k nur chiqaradi, bu unchalik yaxshi emas. Siz kompyuter bilan ishlash vaqtini cheklashingiz kerak, chunki u uyquga ta’sir qiladi”, deya maslahat bergan Kotova.
Shifokorga ko‘ra, agar biror kishi kechasi kompyuter oldida o‘tirgan bo‘lsa, u yomon uxlaydi va bu uning hissiy holatiga ham salbiy ta’sir qiladi.