Denovda YTH: 3 mashina to‘qnashuvida navqiron yigitlar halok bo‘ldi

Jamiyat

image

Kecha, 29 dekabr kuni 18:30 larda, Surxondaryo viloyati Denov tumanidan o‘tgan 4R100 “Manguzar-Jarqo‘rg‘on-Bandixon-Oltinsoy-Denov” avtomobil yo‘lining 167-km.da yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi. Bu haqda Yo‘l-harakati xavfsizligi bosh boshqarmasi ma’lum qildi.

Haydovchi Oltinsoy tumanida yashovchi, 1993 yilda tug‘ilgan M.A. UAZ rusumli avtomobilini boshqarayotib, shu yo‘nalish bo‘ylab oldinda harakatlanib ketayotgan Traktorni quvib o‘tish uchun yo‘lning qarama-qarshi harakat bo‘lagiga chiqgan vaqtida, avtomobilga ortilgan yukning og‘irligi sababli boshqaruvni yo‘qotib ag‘darilgan. Shu yo‘nalish bo‘ylab qarama-qarshi tomondan harakatlanib kelayotgan, haydovchi Denov tumanida yashagan, 1999 yilda tug‘ilgan T.Sh. o‘z boshqaruvidagi VAZ-2107 rusumli avtomobilini UAZ avtomobili bilan to‘qnashuvini oldini olish maqsadida rulni o‘nga burgan vaqtida, avtomobil boshqaruvni yo‘qotib yo‘l chetiga ag‘darilgan. Shuningdek, shu yo‘nalishda xarakatlanib kelayotgan, haydovchi Uzun tumanida yashovchi, 2000 yilda tug‘ilgan T.Sh. boshqaruvidagi Nexia-3 rusumli avtomobili UAZ avtomobili bilan to‘qnashgan.

Natijada VAZ-2107 avtomobili xaydovchisi T.Sh. va yo‘lovchisi Denov tumanida yashagan, 1998 yilda tug‘ilgan T.Sh. voqea joyida halok bo‘lgan.  Avtomobilning boshqa yo‘lovchilari Denov tumanida yashovchi, 1990 yilda tug‘ilgan X.F. va 1997 yilda tug‘ilgan J.J. turli darajadagi tan jarohatlari olib shifoxonaga yotqizilgan.

“Hurmatli haydovchilar, amaldagi “Yo‘l harakati qoidalari”ga asosan haydovchi transport vositasini boshqarish vaqtida, harakatning serqatnovligini, transport vositasi va yukning xususiyati hamda holatini, yo‘l va ob-havo sharoitini, shuningdek harakatlanish yo‘nalishidagi ko‘rinishni hisobga olgan holda transport vositasi tezligini belgilangandan oshirmasdan boshqarishi kerak”, deyiadi YHXBB xabarida.

Shuningdek, haydovchi quvib o‘tishni boshlashdan oldin:

o‘zi o‘tmoqchi bo‘lgan harakatlanish bo‘lagi quvib o‘tish uchun yetarlicha masofada bo‘sh ekanligiga, quvib o‘tish jarayonida harakatlanishga xavf tug‘dirmasligiga va boshqa harakat qatnashchilariga xalaqit bermasligiga;

quvib o‘tishni tugallayotganda quvib o‘tilayotgan transport vositasiga xalaqit bermasdan ilgari egallagan bo‘lakka qaytib o‘ta olishiga ishonch hosil qilishi shartligini eslatib o‘tilgan.


Maqola muallifi

Teglar

YTH Denov

Baholaganlar

158

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing