Denovda IIO xodimlari nega fuqarolarni majburan olib ketdi?

3-sahifa

image

Ijtimoiy tarmoqlarda Surxondaryo viloyati Denov tumanida ichki ishlar xodimlari tomonidan fuqarolar zo‘rlik bilan olib ketilayotgani haqida xabar va video tarqaldi.

Huquq-tartibot idorasidagi manba QALAMPIR.UZ’ga voqea aslida qanday bo‘lgani haqida ma’lumot berdi.

Ma’lum qilinishicha, bugun, 29 avgust kuni soat taxminan 10:30 larda, Denov tumani Zahiriddin Muhammad Bobur mahallasi hududidagi Mustaqillik ko‘chasida jamoat tartibini saqlash uchun xizmatga jalb qilingan Denov tuman IIB 2-son XPG profilaktika inspektori leytenant Zafar Bakirov xizmat vazifasini bajarish vaqtida fuqaro shaxsiy avtomobili bilan piyodalar o‘tish yo‘lagini to‘sib qo‘yganini ko‘rgan.

Surushturuv ishlari davomida o‘ziga tegishli bo‘lgan shaxsiy “Lada” avtomashinasi bilan piyodalar o‘tish yo‘lagini to‘sib qo‘ygan fuqaro o‘zini Karimov Zafar deb tanishtirgan. U xodimning transport vositasini olish yuzasidan bergan talabini bajarmasdan, unga faol qarshilik ko‘rsatgan va shu yerda turgan fuqarolarni o‘ziga jalb qilib profilaktika inspektorini qonuniy talablarini bajarmagan.

Shundan so‘ng, fuqaro Z.Karimov inspektorni obro‘sizlantirishga uringan

Shu orada yaqin atrofda xizmat olib borayotgan profilaktika inspektori katta leytenant Sherzod To‘rayev shu yerga yetib kelib, unga “jamoat joyida fuqarolarni o‘zingizga qaratmang biz bilan ichki ishlar bo‘limiga yuring o‘sha yerda gaplashamiz” deb aytgan. So‘ng fuqaro Z.Karimov IIB xodimlariga faol qarshilik qo‘rsatib hech qayerga bormasligini aytgan. 

XPB xodimlari fuqaroni IIBga olib kelish maqsadida avtomashinaga mindirmoqchi bo‘lgan vaqtida keyinchalik o‘zini Abdulaziz Choriyev va Farrux Ibrohimov deb tanishtirgan fuqarolar xam Z.Karimovni olib ketmaslik uchun IIB xodimlariga faol qarshilik ko‘rsatgan. 

Shundan so‘ng yordamchi kuchlar ko‘magida fuqarolar Z.Karimov, A.Choriyev va F.Ibragimov tuman IIB binosiga olib kelinib, ularga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi MJtKning 1281,194,195-moddalari tegishli tartibda ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Denov

Baholaganlar

803

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing