Denovda fuqaro IIO xodimini uyatli so‘zlar bilan haqoratladi

Jamiyat

image

Ijtimoiy tarmoqlarda Surxondaryo viloyati IIB Jamoat xavfsizligi xizmati Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati xodimini noma’lum fuqaro haqoratlagani aks etgan video tarqaldi. Holatga YHXX munosabat bildirdi.

Qayd etilishicha, joriy yilning 6 iyun kuni M41 xalqaro avtomobil yo‘lining Surxondaryo viloyati Denov tumani Lochin mahallasi hududidan o‘tuvchi qismida YHXB xodimi safdor Sh.J. Jalmatov Sobalt rusumli, tezlikni aniqlovchi moslama bilan jihozlangan avtomashinada xizmat olib borayotgan bo‘lgan. Shu vaqtda tumanda yashovchi fuqaro A.X. o‘zining boshqaruvida bo‘lgan Nexia rusumli avtomashina bilan yo‘lning qarama-qarshi bo‘lagidan harakatlanib kelib, safdor Sh.J. Jalmatovni har xil uyatli so‘zlar bilan haqoratlab, uning yaqin qarindoshlari nomiga tuhmat qilib, holatni o‘zining mobil telefoni orqali tasvirga olib, ijtimoiy tarmoqlarga tarqatgan. 

Ushbu holat yuzasidan xodimning bildirgisiga asosan Surxondaryo viloyati IIB JXX YHXB va Denov tumani IIB xodimlari tomonidan olib borilgan tezkor choralar natijasida haydovchi A.X. Denov tumani hududida ushlanib, hozirda tergovga qadar surishtiruv ishlari olib borilmoqda. Tergov yakuni bo‘yicha qo‘shimcha ma’lumot beriladi.


Maqola muallifi

Teglar

YHXB Denov

Baholaganlar

562

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing