Denovda Damas bilan 32 bolani tashigan haydovchi aniqlandi (video)

3-sahifa

image

Surxondaryo viloyatining Denov tumanida joylashgan xususiy bog‘chalardan biri Damasʼda 32 nafar voyaga yetmagan bolalarning hayotini xavfga qo‘yib, manziliga olib borayotgan vaqtda to‘xtatib qolindi. Bu haqda viloyat Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi xabar berdi.

Ta’kidlanishicha, xodimlar tomonidan ushbu holat bartaraf etilib, avtomashina kuzatuv ostida bog‘chaga qaytarilgan. Haydovchiga nisbatan tegishli chora ko‘rilgan.

Holat yuzasidan viloyat Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasiga taqdimnoma kiritilgan.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 23 aprel kuni Namangan viloyatining Kosonsoy tumanida Damas avtomobilida 25 nafar bog‘cha bolasini olib ketayotgan haydovchi aniqlangandi.


Maqola muallifi

Teglar

Surxondaryo YHXB haydovchi Damas

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing